GO’JABO’TQA
GO’JABO’TQA — qo’qonjo’xori (oq jo’xori)dan tayyorlanadigan taom. Jo’xorini namlab kelida bir necha marta tuyiladi; yelpib, qipig’idan tozalangach, yuvib tashlanadi. Qozonda yog’ni dog’lab, piyoz bilan birga go’sht qiyma qovuriladi, keyin tayyorlab qo’yilgan jo’xorini solib suv quyiladi va 1 soat davomida kovlab-kovlab pishiriladi. Tuz va ziravorlar pishish oldidan solinadi. Tayyor taom qopqog’i yopilgan idishda 10-15 minut damlangandan so’ng laganga suzib, betiga oshko’klar sepilgan holda dasturxonga tortiladi.