Gobi

Gobi (mongolcha gov — suvsiz joy) — 1) Markaziy Osiyodagi cho’l, chala cho’l landshaftli joylarning umumiy nomi. G.ning er yuzasi tekis, o’simligi siy- rak, tuprog’i ko’pincha toshli, sho’rlangan bo’ladi, oqar suvlari bo’lmaydi. Grunt suvlaridan chorvachilikda foydalani- ladi; 2) Markaziy Osiyodagi katta cho’l. Mongoliya b-n Xitoy hududida. G’arbda Beyshan tog’lari b-n, Sharqda katta Xin- gan tog’lari, shim.da Mongoliya Oltoyi va Xangay tog’lari, Jan.da Nanshan va Oltintog’b-n chegaralanadi. Uz. 2000 km chamasida, mayd. qariyb 2 mln. km2. Ko’p qismining bal. 900-1200 m. Ayrim tog’larning nisbiy bal. 1800 m. Qad. da- ryolarning quruq o’zanlari, terrasa va vo- diylarning izlari saklangan. Tektonik harakatlar davom etmoqsa. G.da Toshloq, gilli, qumli, sho’rxok joylar ko’p. Taqirlar uchraydi. Iqlimi keskin kon- tinental. Qishda antisiklonlar vujud- ga keladi, havo ochiq bo’lib qattiq sovuq bo’ladi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -25°, ba’zi kunlar -40° gacha pasayadi. Iyulda 25°, ba’zan 45° gacha ko’tariladi. Yillik yog’in Alashan g.sining shim.-g’arbida 68 mm dan Mongoliyaning shim.-sharqida 200 mm gacha. Tuproklari kashtan, qo’ng’ir, bo’z tuproqlar. Asosiy o’simliklari shuvoq, chalov, sho’ra, saksovul va b. G. dasht va cho’llari asosan qo’y boqiladigan yaylov- dir. Aholi chorvachilik b-n shug’ullanadi. Dehqonchilik faqat Daryo vodiylaridagi- na rivojlangan. Mongoliya hududida Kat- ta Gobi qo’riqxonasi bor.