Otbosar
Otbosar — Qozog’iston Respublikasidagi shahar. Jabay daryosi (ishim irmog’i) sohilida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 40 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Qishloq xo’jaligi xom ashyolarini qayta ishlash markazi. Oziq-ovqat sanoati, elevatorlar, temir- beton konstruktsiyalar zavodlari bor. 1846 yilda kazaklar stanisasi sifatida barpo etilgan.