Megaron

Ma’nosi

Megaron (yunoncha megaron-katta zal)-Yunonistonda Egey madaniyati davrida barpo etilgan bino va uy-joylar turi (miloddan avvalgi 3-2-mingyilliklar). Megaronning tuzilishi oddiy: old tomoni to’g’ri burchak shaklida, peshayvoni ustunli. Asosiy xona katta zal bo’lib, o’rtasida o’choq joylashgan. Shiftdan tutun chiqadigan teshik qoldirilgan. Bunday Megaronlar Troya, Tirinf, Mikena va boshqa shaharlardan topilgan. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlardan boshlab Yunonistonda Megaronlar asosida ibodatxonalar barpo etilgan.

O‘xshash so‘zlar

M harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar