Megalitlar

Ma’nosi

Megalitlar (yunoncha megas-katta va litos)-miloddan avvalgi 3-2-mingyilliklarga oid ishlanmagan yoki yarim ishlangan tosh parchalaridan qurilgan diniy mazmundagi inshootlar. G’arbiy Yevropada (Stonxenj, Karnak), Shimoliy Afrika, Janubiy Amerika (Machu-Pikchu, Puma Punku, Olyantaytambo, Pisak, Saksayuaman, Tiuanako), Kichik Osiyo, Kavkaz va boshqa hududlarda o’rganilgan. Dolmenlar mengirlar, kromexlar Megalitlarga mansub. Atama 1849 yili ingliz tadqiqotchisi A.Xerbert tomonidan taklif etilgan va rasman 1867 yili Parij kongressida qabul qilingan.

O‘xshash so‘zlar

M harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar