Mo’ljar
Mo’ljar (mo’g’ulcha Bo’ljar — uchrashuv joyi va vaqti) — 1) harbiy qismlarning kelishuviga binoan uchrashuv joyi, manzili va vaqti; 2) Jangovar harakatlar vaqtida askarlar tomonidan qaziladigan chuqur, okop. Merganlar Mo’ljar ichida joylashib, dushmanni kamondan yoki o’t ochish qurollaridan nishonga olgan; 3) qal’a, qo’rg’on singari istehkomlarning gird-atrofida qaziladigan xandaq.
O‘xshash so‘zlar
- MO’LJALLANGAN BOZOR
- Mo’lton
- Mo’mataloq
- Mo’min Mirzo
- MO’MINA XOTUN MAQBARASI
- Mo’minobod
- MO’MINOV ABDURAHMON ABDUQODIROVICH
- Mo’minov Akbar Nishonovich











