Mo’lton

Mo’lton — Pokistondagi shahar. Pan- job viloyatida, Chinob daryosi yaqinida. Aholisi 1,2 mln. kishi (1998). Mamla- katning muhim sanoat markazi va trans- port yo’llari tuguni. To’qimachilik (aso- san, ip gazlama) sanoati rivojlangan. Kimyo, oynashisha, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. M.ga Sun gaz konidan quvur orqali gaz keltiriladi. M. — badiiy hunarmandchilik (ko- Shin va keramika, gilam, charm buyumlari tayyorlash)ning qad. markazi. Me’mo- riy yodgorliklardan Shoh Yusuf gar- dizi (1150-52), rukni A’lam (1320-24), Shamsi Tabrizi (1780) maqbaralari saqlangan. Shahar mil. AV. 4-a.da barpo etilgan. Mil. AV. 326 y.da Aleksandr Ma- kedoniyalik bosib olgan. 713 y.da arablar egallagan. 8-a.da mustaqil hokimlik markazi. 10-a.da qarmatlar davlati- ning eng katta shahri bo’lgan. 11-a.da Mahmud G’aznaviy qo’l ostiga o’tgan. 12-a. da G’uriylar davlatiga qo’shilgan, 1228 y.dan Dehli sultonligi tarkibida. 1398 y.dan Amir Temur, 1527 y.da Bobur qo’shinlari egallagan va 1752 y.gacha bo- buriylar saltanati tarkibida bo’lgan. 1818 y.da sekxdar davlatiga qo’shilgan. 1947 y.dan Pokiston tarkibida.