Uchqun kamerasi
Uchqun kamerasi – zaryadlangan zarralarning treklari (izlari) kuzatiladigan va qayd qilinadigan asbob; ishlash printsipi zarralarning elektr kondensatorning gaz oralig’idan uchib o’tayotganda qosil bo’layotgan uchqun razryadning kuchayishiga asoslangan. Uchqun kamerasining elektrodlari ikki yassi parallel plastinadan iborat. Plastina oralig’i (odatda, 1+50 cm) He, Ne yoki ularning aralashmasi bilan to’ldiriladi. Ish hajmidagi bosim 1 ATM.ga yaqin. Zaryadlangan zarralar tomonidan gazlar ionlashishi tufayli elektronlar hosil bo’lib, uchqun razryad vujudga keladi. Uchqun kamerasini dastlab 1957 yilda Kranshau va de bir qo’llashgan. Ko’pgina xrllarda Uchqun kamerasilar boshqa qayd qiluvchi detektorlar (mas, Cherenkov hisoblagichi, ionlash kamerasi) biln birgalikda ishlatiladi. Uchqun kamerasilarning bir necha xili mavjud: a) tor oraliqli Uchqun kamerasilar bir nechta elektrodlardan tuzilib, ikki elektrodi orasi 1 santimetr; b) elektrodlari 3550 santimetrda joylashtirilgan Uchqun kamerasilar (izli Uchqun kamerasilar) da uchqun razryad zarraning izi bo’ylab kuzatiladi; v) strimer Uchqun kamerasi (plastinalar oralig’i 5+20 santimetr) larda uzunligi 3 millimetrdan 10 millimetrgacha bo’lgan tolasimon yorqin kanallar — strimerlar hosil bo’ladi, ularni apparat yordamida suratga olish mumkin. Magnit maydoniga o’rnatilgan Uchqun kamerasilar yordamida kamerani kesib o’tgan zarraning impulsini ham aniqlash mumkin. Uchqun kamerasi hozirgi kunda yadro zarralari, yadro reaktsiyalar, elementar zarralar va kosmik nurlarni o’rganishda asosiy vositalardan biridir.