APATIYA

APATIYA (Yunoncha apatheia — loqaydlik, hafsalasizlik, qiziqishning yo’qolishi) — 1) odamning tevarak-atrofidagi voqea va hodisalarga loqayd bo’lib qolish holati; 2) tibbiyotda — tashqi muhitga qiziqmay butunlay beparvo bo’lib qolish bilan ifodalanadigan kasallik holati. Apatiya ko’pincha abuliya holati bilan birga kechib, ruhiy faoliyatning susayishi kuzatiladi. Apatiya odamda ayrim ruhiy kasalliklar yoki o’ta toliqish belgisi bo’lishi ham mumkin; 3) antik falsafada — stoisizm etikasining asosiy tushunchalaridan biri, qalbning barcha ehtiroslardan to’la ozod bo’lishini talab etadi.