Santa-Fe
Santa-Fe — Argentinaning Sharqiy qismidagi shahar. Santafe provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 368,4 ming kishi (2001). Transport yo’llari tuguni. Riosalado daryosining Parana daryosiga quyilish yeridagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. G’allachilik va chorvachilik rayonnining savdo-sanoat markazi. Oziq-ovqat, ko’npoyabzal, metallsozlik sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi mavjud. universitet, tarix muzeyi, tabiiy fanlar muzeyi bor. Shaharga 1573 yilda asos solingan.