Santaana

Santaana — Salvadorning g’arbiy qismidagi shahar. Santaana vulkani etagida. Santaana departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 202 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni. Shahar Panamerika shossesi bo’yida joylashgan. Iqtisodiy ahamiyati bo’yicha mamlakatda San-Salvador shahridan keyin 2-o’rinda. Kofe yetishtiriladigan rayon markazi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, gugurt sanoati korxonalari bor. Shaharga 1569 yilda asos solingan. Mustamlakachilik davrida qurilgan me’moriy yodgorliklari saqlangan. Teatr bor.