Santa-Krus

Santa-Krus — Boliviyaning Markaziy qismidagi shahar. Santa-Krus departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 914,8 ming kishi (1997). Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim iqtisodiy markazi. Oziq-ovqat, ko’nteri sanoati korxonalari, shahar chetida neftni qayta ishlash zavodi bor. Dehqonchilik (paxta, shakarqamish, tamaki, sholichilik) rayoni markazi. universitet bor. Shaharga 1560 yilda asos solingan.