ANDALUSIYA PASTTEKISLIGI
ANDALUSIYA PASTTEKISLIGI – Ispaniyaning Janubida, Atlantika okeani bilan Serra-Morena, Andalusiya tog’lari oralig’ida joylashgan pasttekislik. Asosan Gvadalkvivir daryosi havzasida. Iqlimi O’rta dengiz iqlimi, yillik yog’in 400 — 700 millimetr. Andalusiya pasttekisligida O’rta dengiz atrofiga xos butali chakalakzorlar bor. Bug’doy, makkajo’xori, qand lavlagi yetishtiriladi; tokzor, bog’, zaytunzorlar ko’p. Yirik shaharlari: Sevilya, Kordova (Qurtuba), Kadis.
O‘xshash so‘zlar
- ANDALUSIYA
- ANDALUSIYA TOG’LARI
- ANDALUZIT
- ANDAMAN DENGIZI
- ANDAMAN VA NIKOBAR OROLLARI
- ANDAMANLAR
- ANDANTE
- ANDAVA











