ANTROPONOZALAR

Ma’nosi

ANTROPONOZALAR (antropo … va Yunoncha nosos — kasallik) — faqat odamga zarar etkazadigan yuqumli kasalliklar. Antroponozalarga vabo, ich terlama, paratif, dizenteriya, poliomielit, difteriya, skarlatina, ko’kyo’tal, qizamiq, gripp, terlama, bezgak, saramas, so’zak, zaxm, traxoma va boshqalar kiradi.

O‘xshash so‘zlar

A harfi: barcha so‘zlar