ARKOZLAR

Ma’nosi

ARKOZLAR (arkozli qumtoshlar) — asosan, kvars va uzgarmagan kaliyli dala shpatlari hamda qisman plagioklazlardan tarkib topgan chaqiq yotqiziklar. Arkozlarning tsementa: slyudaning mayda zarrachalari hamda gil minerallari (kaolinit, gidroslyuda va boshqalar), ohak va temir gidroksidlaridan iborat. Arkozlar granit va gneyslarning yemirilishidan hosil bo’ladi. Zarrachalarining diametri 0,1 — 2 millimetr bo’lgan bo’sh arkozdan tuzilgan jinslar arkoz qumlar deb ataladi. Arkoz qumlarning tsementlanishidan hosil bo’lgan jinslar — arkoz qumtoshlar deyiladi.

O‘xshash so‘zlar

A harfi: barcha so‘zlar