AXTAMAR haqida bilasizmi?

Ma’nosi

AXTAMAR — o’rta asr arman me’moriy yodgorliklarining noyob namunalari saqlangan Van ko’lidagi Orol (hozirgi Turkiya hududida), Arsrunidiylar (arman) podshohlari qarorgohi (10 — 11-asrlar). Avliyo xoch cherkovi (915 — 921, me’mori Manuel; tarhi xochsimon, gumbazli, naqshlar va tosh o’ymakorligiga boy, bo’rtma naqshlarda dunyoviy va diniy syujetlar, hayvon va o’simliklar tasviri aks ettirilgan), port xarobalari (10-asr) va boshqalar saqlangan.

O‘xshash so‘zlar

A harfi: barcha so‘zlar