Magnit lenta

Magnit lenta, magnit tasma — sirtiga magnit katlami surkalgan yupqa qayishoq lenta. Tovush (nutq, musiqa) ni yozib olish va qayta eshittirish uchun ishlatiladi. Ishchi magnit qatlami temir gamma-oksid (v=F2O3), xrom (II) oksid (SYU2) va kobalt qo’shilgan temir gamma-oksidning magnit jihatdan qattiq kukunidan iborat bo’ladi. Magnit lenta asosi sifatida polietilenteleftalat, polivinilxlorid, diatsetat va triatsetat plyonka ishlatiladi. Plyonka sirtiga surkaladigan tarkib magnit kukuni, bog’lovchi modda, eritgich, plastifikator va Magnit lenta sifatini yaxshilaydi-gan qo’shimchalardan iborat bo’ladi. Magnit lenta temperatura 20±5° gacha bo’lgan sharoitlarda ishlatiladi va saqlanadi. Metall va bimetall Magnit lenta ishlatiladi. Lentaning eni va qalinligi nimaga ishlatilishiga qarab tanlanadi. Masalan, tovushni yozib olishda eni 3,81 va 6,25 millimetr, qalinligi 9-55 mkm bo’lgan Magnit lenta ishlatiladi. Hozir (2003) yupqa ishchi qatlami so—Ni (kobaltnikel), so—R (kobalt—fosfor) so—N—R (kobalt — azot — fosfor) va so—W (kobalt—volfram) qotishmalaridan iborat metall Magnit lenta ishlab chiqarilmoqda.