Mallaxon

Mallaxon (taxm. 1830-1862)- Quqon xonligihph idora etgan xon (1858-62). Ming sulolasidan. Shera- lixonning katta ugli, Xudoyorxonnushg akasi. Taxt uchun kurashda Xudoyorxon qo’shinini Somonchi qishlog’i yaqinida engib Qo’qonni egallagan va uzini xon deb e’lon qilgan (1858). 1860 y. M. qushin to’plab Pishpak (hoz. Bishkek)ka, u erdan esa Chu daryosi bo’yiga kelgan. Bikat mavze-ida to’plar b-n qurollangan 2 ming kishilik rus qo’shini b-n bo’lgan jang- da M. qo’shini g’olib chiqqan. Lekin G.A. Kolpakovskiy otryadi tomonidan Uzuno- goch mavzeida tormor keltirilgan. Shu yili (1860 — 61) Turkistonni himoya qilish uchun Qanoatshohni jo’natgan, biroq bu qo’shin Turkiston sh.ni, Julek, Yangiqo’rg’on atrofidagi dasht aholisini talab orqaga qaytgan. M. qal’alarni qaytarib olish uchun bir necha bor harakat qilgan, lekin ular zoe ketgan. Bu esa unga qarshi norozilikni yuzaga keltirgan. Shuningdek, ogir soliq va majburiyat- lar, muxolifatga karshi jazo choralari unga qarshi fitna uyushtirilishiga olib kelgan. M. 1862 y. mart oyida o’ldirilib, o’rniga 17 yoshli Shoh Murod xon deb e’- lon qilingan. M. aklli davlat arbo- bi, mohir sarkarda bo’lgan. M. davrida qipchok^ar mavqei tiklangan, harbiy in-tizom mustahkamlangan. Qorategin viloyati Qo’qonga tobe ettirilgan. Xitoy va Rossiya b-n diplomatik munosabat- lar o’rnatishga harakat qilingan. Xalq farovonligini oshirish, yangi erlar o’zlashtirish, irrigasiya inshootlari qurish yo’lida bir qancha ishlar amalga oshirilgan, xususan, uz. 20 km dan ortiq M. arig’i qurilgan. 19-a. 20-y.larida Muhammad Alixon tomonidan joriy qilingan har bir harbiy yurish oldidan olinadigan ulov puli va tilla puli kabi soliqlar bekor qilingan, Hazrati Sohib madrasasi qurilgan (1861). Farg’ona vo- diysidagi bir necha qishloq M. nomi b-n ataladi. Ad.: Bobobekov H.N., Qo’qon tarixi, T., 1996; Bababekov X.N., Narodnie DVI- jeniya v Kokandskom xanstve i IX sosi- ALNO-Ekonomicheskie i politicheskie predposilki, T., 1990; Beysembiev T.K., Tarixi Shaxruxi, Alma-Ata, 1987; Na- biev R. N ., Iz istorii Kokandskogo Xan- stva, T., 1973. Haydarbek Bobobekov.