Misr g’o’zasi

Misr g’o’zasi — uzun tolali Peru g’o’zasi navlarining bir yillik ekologi k guruhi. Ko’p yillik Peru g’o’zasi shaklla- ri Amerika (Peru)dan Misrga (1818— 20) keltirilgan va bu erda Misrning mashhur ingichka tolali Ashmuni (1863— 65), Afifi (1887), Yanovich va b. g’o’za na- vlarini yaratishga asos bo’lgan. 1928-29 y.larda Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekistonda M.G’. navlari ekilishi na- tijasida O’rta Osiyo respublikalari- ning Jan. hududlarida bu g’o’za navlari- dan yuqori hosil olish imkoniyati borli- gi anik,landi. 1932-33 y. lardan bosh- lab yakka tanlash usuli b-n yaxshilangan Pima, keyinchalik Maarad navlari ekila boshladi. 1935 y.da, M.G’.ning Yanovich navidan yakka tanlash asosida Yo’latan selektsiya st-yasi (Turkmaniston)da O’rta Osiyoda birinchi 2IZ ingichka tolali g’o’za navi yaratildi va 1938 y.dan Turkmani- ston va Tojikistonda r-nlashtirildi. M.G’. yuqori hosildorligi, tezpisharligi, so’ruvchi zararkunandalar va zamburug’li kasalliklarga chidamliligi b-n ajralib turadi. M.G’. tolasi nihoyatda qimmatbaho bo’lib, bitta ko’sak vazni 2,5— 4,0 g, shta- pelmassa uz. 37-44 mm (q. Ingichka to- lali g’uza). Abdumavlon Abdullaev.