Missionerlik

Missionerlik (missiya so’zidan), tabshir, mubashshirlik —bi- ror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar ora- sida boshqa bir dinni targ’ib qilish. M., asosan, xristianlikka xos. 4-a.dan paydo bo’lgan. 13-16-a.larda xristian Missi- onerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovida M. Is- paniya va Portugaliya imperiyalari tash- kil topgach (15-16-a.lar), faoliyatini kuchaytirdi. M. Rim imperiyasiga yangi erlarni o’z ta’siri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun Papa Grigoriy XV 1662 y.da diniy targ’ibot kongrega- TSI-yasini ta’sis etdi. M.19-a.da faol- lashdi, ayniqsa, xristian missio-nerla- ri Afrikada faoliyatlarini kuchaytir- dilar va o’z mamlakatlarining siyosatini o’tkazishga yordam berdilar. O’zRning “vijdon erkinligi va Di- niy tashkilotlar to’g’risida”gi qonuni 5moddasiga ko’ra, O’zbekistonda har qanday M. faoliyati man etiladi.