Missisipi

Missisipi – AQShning Jan. qismidagi shtat. Mayd. 123,5 ming km2. Axoliey 2,8 mln. kishi (2002). Aholining 47% shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markazi va eng yirik shahri — Jekson. Er yuzasining katta qismi pasttekislik, shtatning g’arbiy chegarasi bo’ylab o’tgan Missisipi daryosining so’l irmoklari b-n kesilgan. Iklimi subtropik sernam iqlim. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 8°, iyul- niki 27°. Shim.da keng bargli, Jan.da igna bargli o’rmonlar, Meksika qo’ltig’i sohilida botqoq sarvi o’sadi. M. — agrar shtat. Asosiy ekini — paxta. Paxta hosili etishtirish- da mamlakatda Texas shtatidan keyin 2-o’rinda. Soya, makkajo’xori, sholi, bug’doy, shakarqamish ekiladi. Qoramol, cho’chqa boqiladi. Parrandachilik b-n shug’ullaniladi. Neft, tabiiy gaz qazib chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, tsellyulozaqog’oz, kimyo, to’qimachilik, tikuvchilik va kema- sozlik. Missisipi daryosida sohilida Galfport porti bor.