Missuri

Missuri (mahalliy indeyslar ti- lida — loyqa Daryo) — AQShdagi Daryo, Missisipi daryosining eng katta o’ng ir- Mogi. Uz. 4740 km, havzasining mayd. 1370 ming km2 (shundan 10 ming km2 Kanada hududida). Qoyali tog’larning Sharqiy yon bag’ridan boshlanadi. O’rta oqimi mis- suri platosi (ba’zida daralardan oqib, ostonalar hosil qiladi) va quyi qismi Markaziy tekisliklar orqali o’tgan. Suvi juda loyqa. Yirik irmoklari: Yellouston, Platt, Kanzas. M. yuqori oqimida qordan, o’rta va quyi oqimida ko’proq yomg’irdan suv oladi. Bahorda suvi ko’payadi (etagida suv satqi 8-12 m gacha ko’tariladi), kuchli toshqinlar bo’ladi. O’rtacha suv sarfi 2600 m3/sek., toshganda 19000 m3/ sek., suvi kamayganda 150— 170 m3/sek. bo’ladi. Daryo yiliga 220 mln. t oqiziq keltiradi. Katta suv omborla- ri (Fort-Pek, Garrison, Oaxe) qurilgan bo’lib, ulardan suv oqimini tartibga solib turish, irrigasiya va energetika maqsadlarida foydalaniladi. Daryoda yirik kemalar Su-Siti sh.gacha, kichikroq kemalar Fort-Benton sh.gacha qatnaydi. M. bo’yida Omaxa, Kanzas-Siti va b. shaharlar joylashgan.