Missuri

Missuri — AQShning Markaziy qismidagi shtat. Missisipi va Missuri daryolari havzasida. Mayd. 180,5 ming km2. Aholisi 5,67 mln. kishi (2002), shundan 69% shaharlarda yashay- Di. Ma’muriy markazi — Jeffer- son-Siti sh.; yirik shaharlari — Sent- Luis va Kanzas-Siti. M.ning er yuzasi to’lqinsimon tekislik. Jan.da Ozark platosi (eng baland joyi 540 m) bor. Iqlimi mo”tadil iqlim. Yanv.ning o’rtacha t-rasi —g, iyulniki 26°. Yillik yog’in 1000 mm; tez-tez qurg’oqchilik bo’lib turadi. Daryolari kuchli toshadi. M. — industrial-agrar shtat. Iqtisodiy faol aholining 25% sano- atda band. Qo’rg’oshin, temir rudasi, toshko’mir, bariy, qurilish material- lari qazib chiqariladi. Mashinasozlik va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Aviaraketa, avtomobilsozlik, radio- elektronika, kimyo, go’sht-konserva, un tortish korxonalari bor. Yo’l qurish va q.x. mashinalari, ko’n-poyabzal, tsement ishlab chiqariladi. Kora va rangli me- tallurgiya korxonalari mavjud. Q. x.ning etakchi tarmog’i — chorvachilik. Qoramol, cho’chqa boqiladi. Asosiy q.x. ekinlari: makkajo’xori, soya, bugdoy. Ozark plato- sida suli, Missisipi daryosi vodiysida paxta ekiladi.