MUHAMMAD SHARIF BUXORIY

MUHAMMAD SHARIF BUXORIY, al-Alaviy, Muhammad Sharif ibn Muhammad al-Husayniy al-Buxoriy (1609-1697) — buxorolik faylasuf va tarixchi. Falsafa, tasavvuf, tarix, fiqx., tilshunoslik, she’riyat, astrono- miya sohasida 20 dan ortiq asarlar yoz- gan. “ArRisola addavriya” (“davriylik haqida risola”) asari makon va zamon masalalariga bag’ishlangan, Adudiddin al-Idjiyning “Adudiyya aqidalari sharhiga hoshiya” va Sa’duddin tafta- zoniyning “Mavlaviy Sharif Tahzib sharhiga hoshiya” asarlariga sharhlar yozgan. Faylasufning “Devoni Sharif” yoki “g’azaliyoti Sharif” nomi b-n ta- nilgan devoni ham mavjud bo’lib, tur- li kotiblar tomonidan ko’chirib kelin- gan. Uning Arab tilshunosligiga oid “Hoshiyai Mavlaviyi Sharif bar favoy- idi Ziyoiyya” (“Mavlaviyi Sharifning Ziyoiy foydalariga izohi”) asari bo’lib, u “Al-qofiya”ga sharh sifatida yozilgan. Bundan tashqari, “Jome’ulmasoyil” (“Masalalar majmui”), “Zubdat ul – af- kor”, “Aqoid asoslari haqida risola”, “Mavlaviy Sharif risolasi”, “nazm ul- muxtasar” va b. asarlar muallifi. M.Sh.B. Mir arabmadrasasiaya mu- darrislik qilgan. Uning “kitobi FA- voyidi xoqoniyya” (“xoqonga foydali maslahatlar kitobi”) asari 25 bob va 32 fasldan iborat bo’lib, unda shari- at qonunqoidalari, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid ma’lumot- lar, hukmdorlar to’g’risida qiziqarli lavhalar mavjud. Ad.: O’zbekistonda ijtimoiy-fal- Safiy fikrlar tarixidan, T., 1995; nu- ritdinov M., Iz istorii obtshestven- nofilosofskoy misli Sredney Azii v XVI—XVII vekax, T., 1996; Ma’naviyat yulduzlari, T., 2001; Hoshimxonov M., Mashrabi mo”tabar o’zim, T., 2002. Qahramon Rajabov.