MUHAMMAD YUNUS TOIB MUHAMMAD AMIN O’G’LI

MUHAMMAD YUNUS TOIB MUHAMMAD AMIN O’G’LI (?, Toshkent — 1907, Qo’qon) — shoir va xattot. Yorkend va Qo’qonda yashagan. Sharq klassiklari asarlarini o’rgangan. Ularga naziralar bog’lagan, qasidalariga javob yozgan (mas, Jomiy qasidasiga javob va b.), ta’rix va marsiyalar yaratgan. Ularda o’z davri- ning turli ijtimoiy masalalari aks etgan. Farg’ona tarixi haqidagi “Hadoiq ul-Anvor” asari (1859) da Qo’qon xonli- gining Muhammadalixon hukmronligi davri to’liqbayon etilgan. 1905 y.da “TUH- Fai Toib” asarini yozgan. M. asarlari qo’lyozmalari O’zbekiston FA Sharkshu- noslik in-tida saqlanadi (inv. № 6696, 596).