PAXTA TOZALASH SANOATI MASHINASOZLIGI

PAXTA TOZALASH SANOATI MASHINASOZLIGI — paxta toza- lash sanoa-Piat mashina-texnikalar b-n ta’minlaydigan og’ir mashinasozlik tarmog’i. Paxta tayyorlash maskanlari, paxta to-zalash z-dlari uchun texnologik qurilmalar (paxtani tayyorlash, quritish, tozalash, saklashda qo’llaniladigan ma- shi-nalar va mexanizmlar), arrali va jo’vali (valikli) jin mashinalari, linterlar, tola tozalagichlar, chigit sa- ralash va tozalash mashinalari, trans- portyorlar, paxta g’arambuzgichlari, paxta uzatkichlar, tunnel ochish mashinalari, paxta g’aramlarini shamollatish va chang tutish mashinalari, shuningdek, kanop- ni kayta ishlash mashina va qurilmalari (jami 50 nomdan ortiq mahsulotlar) ish- lab chiqaradi. O’zbekistonda P.t.sm. korxonalari O’zbekiston mashinasozlik korxonalari uyushmasi — “O’zmashsanoat” tarki-bi- da jamlangan. Tarmoqda “O’zpaxtamash” aktsiyadorlik jamiyati (sobiq Toshkent mashinasozlik z-Di, 1947), Andijon “Tojmetall” aktsiyadorlik jamiyati (1970), Samarqand “Paxtamash” (1956) va Kattaqo’rg’on “Paxtamash” aktsiyador- lik jamiyatlari, (1939; 1966 y.dan paxta tozalash asbob-uskunalari i.ch.ga ixti- soslashgan), Chustdagi “Olmospaxtamash” aktsiyadorlik jamiyati (1974), Toshkent “Paxtajin kb” aktsiyadorlik jamiyati paxta tozalash uskunalari konstruktor- lik byurosi (1953) bor. Ishlab chikarilgan mashina va mexa- nizmlar MDH dagi Paxtakor mamlakat- lar va bir nechta chet mamlakatlarga chika- riladi. Tarmoqdagi yirik korxo-na “uz- Paxtamash” aktsiyadorlik jamiyati (tosh- kent mashinasozlik z-Di) 1947 y.da ishga tushirilgan. 3-D 1951 y.dan paxta toza- lash sanoati uchun texnologik uskuna- jihozlar va ehtiyot qismlar i.ch.ga IX- tisoslashtirildi (“tosh-paxtamash2”). Korxona 2002 y.da “Uzpaxtamash” nomini oldi. O’zbekistonda 1978 y.da paxtani kayta ishlash bo’yicha potok liniyalari ishlab chikarildi va paxta tozalash sanoatida- joriy qilindi. “Mehnat” va RX-1 tola tozalagich mashinalari Zagreb (1977), Plovdiv (1979) xalqaro yarmarkalari- ning oltin medaliga sazovor bo’lgan.