Poliuretanlar
Poliuretanlar — makromolekulalarining asosiy zanjirida takrorlanuvchi uretan guruhi —OCONH— bo’lgan yuqori molekulali birikmalar. Poliuretanlar xossalariga ko’ra poliamidlarga yaqin turadi. Glikollarni diizosianatlar bilan birgalikda bosqichsimon mexanizm bo’yicha polimerlab olinadi. Poliuretanlar kislotalar, mineral va organik moylar, benzin va oksidlovchilar ta’siriga chidamli. Poliuretanlar penoplast, kauchuk, yelim, plyonka, korroziyabardosh qoplama, sintetik tola olishda qo’llanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Polivanov Evgeniy Dmitrievich
- POLIVINIL SPIRT
- Polivinilasetat
- POLIVINILXLORID
- Polixromiya
- Poliz
- Poliz ekinlari
- Poliz qo’ng’izi











