Polisulfidlar
Polisulfidlar – tarkibida nisbatan ko’proq oltingugurt atomi tutgan sulfidlar. Ishqoriy metallar Polisulfidlari (Masalan, Na2S2, Na2S5) va ishqoriy-yer metallar Polisulfidlari barqarorroq hisoblanadi. Tarkibidagi oltingugurtning miqdoriga qarab sariq rangdan qizil ranggacha bo’ladi. Kislotalar ta’sirida Polisulfidlar oltingugurt ajratib chiqarib parchalanadi. Polisulfidlar sulfidlarning kontsentrlangan eritmalariga oltingugurt kukuni qo’shib qaynatish nati-jasida xosil qilinadi. Charm, bo’yagichlar, polisulfid kauchuklar va boshqalar ishlab chiqarishda qo’llanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Politeizm
- Poliuretanlar
- Polivanov Evgeniy Dmitrievich
- POLIVINIL SPIRT
- Polivinilasetat
- POLIVINILXLORID
- Polixromiya
- Poliz











