SARDURI I
SARDURI I — Urartu podshosi (miloddan avvalgi 9-asrning 2-yarmi); Lutipri o’g’li. Ossuriya podshosi Salmanasar III ning zamondoshi; miloddan avvalgi 833 yil voqealari haqidagi bitiklarda Seduri nomi bilan qayd etilgan. Sarduri I davrida davlatning poytaxti Tushpa shahriga ko’chirilgan. Sarduri I Ossuriya bilan urushlar olib borgan. Sarduri I davrida Urartu podsholigi kuchli davlatga aylangan.
O‘xshash so‘zlar
- Sarez ko’li
- Sargardon
- SARGARDON VOLFRAM-QALAY KONI
- Sargasso dengizi
- SARGASSO SUVO’TLAR
- Sargodha, Sargoda
- Sargon II
- SARHAD











