Sarez ko’li
Sarez ko’li — Tojikiston Respu- blikasi tog’li Badaxshon Muxtor viloyati hududidagi ko’l. Pomirda, Shim. Alichur va Muzqo’l tizmalari orasida, 3239 m ba- landlikda joylashgan. Mayd. 79,6 km2, suv sig’imi hajmi 16,07 km3, uz. 55,8 km, eng keng joyi 3,3 km. O’rtacha chuq. 190 m gacha, eng chuqur joyi 500 m. 1911 y.dagi zilzila oqibatida Murg’ob daryosining chuqur vodiysini Usoy qishlog’i yaqinida tog’jinslari to’sib qo’yishi natijasida paydo bo’lgan. O’rta Osiyodagi eng katta uyumli suv havzasi. Suv to’plash mayd. 18 ming km2. Murg’obdan tashqari ko’lga 16 doimiy va 20 dan ziyod vaqtincha suv oqimlari quyiladi. Asosan, muz suv- laridan to’yinadi. Ko’l ga quyiladigan o’rtacha ko’p yillik suv miqdori 1,48 km3. Uyum orqali suvning sizib o’tishi sodir bo’lmoqda. Buloklar ko’rinishida suvning ko’ldan ko’p yillik o’rtacha oqib chiqish mikdori 1,46 km3ni tashkil qiladi. Suvi chuchuk. Ko’l sathi o’zgarib turadi. Keyingi 60 yil mobaynida suv sathining o’rtacha o’sishi yiliga 20 sm ni tashkil qildi. Yil orasidagi suv sathi o’zgarishining eng katta amplitudasi 12 m, eng kami 2 m ni tashkil qiladi. Ko’l suvi dek. oxiri — yanv.ning 1-yarmida muzlaydi, mart oxiri — may boshlarida muzdan bo’shaydi. Ad.: Agaxanyans O. E., Sarez, L., Gi- drometeoizdat, 1989; Glazirin g.E., Ni- kitin A. M., Shchetinnikov A. S., Vodniy balans Sarezskogo ozera, tr. SANIGMI, 1986, VIP. 113 (194); Gronskaya G. P., Iva- Nov yu.N. va b., Gidrologicheskoy rejim Sarezskogo ozera, tr. Ggi, 1977, VIP. 246; Aslov sm., Gorelkin N. E., Gidro- meteorologicheskiy monitoring Sarez- skogo ozera, T., Izd. otdel SANIGMI, 2002.