Sarvontepa
Sarvontepa — ilk temir davriga oid arxeologik yodgorlik. Andijonning shim.g’arbiy qismida, eski shaqarning Tutzor va Sujoat ko’chalari kesishgan erda joylashgan. Dastlab, o’tgan asrning 50y.larida yodgorlik ro’yxatga olin- gan, so’ngra 70y.larda kichikroq arxe- ologik qazishmalar o’tkazilgan hamda 5-8-a.lar b-n sanalangan edi. 2001 y. shaharda ish olib borayotgan arxeolo- glar S.ni uncha katta bo’lmagan 30 x 20 m kattalikdagi saqlangan qismida qazish ishlari o’tkazdilar (Matboboev B.X.). Natijadahoz. shahar kuchalari kesish- gan joydan 3-4 m chuqurlikda yaxshi saqlangan qad. madaniy qatlamlar qayd etildi. Qatlamlardan mil. AV. 6-4-a. larga to’g’ri keladigan guldor spool idishlar va tosh buyumlar majmuasi od- diy maishiy o’choq yaqinidan ajratib olindi. Arxeologik i. t.larga ko’ra, S. kadimda katta bo’lgan, aniqlangan chega- rasi bo’yicha hoz.gi mayd. 1 ga ga boradi. S. ilk temir davriga (mil. AV. 6-4-a. lar) taalluqli bo’lib fanda birinchi topilgan yodgorlik nomi b-n ataluvchi Eylaton madaniyati majmuiga kiradi. S.ni o’rganish vodiy tarixi uchun o’ta muhimdir. Sabab, birinchidan, Farg’ona vodiysi qadim shaharlari hududida (Xu- Susan, Andijonda) ilk bor 2400-2600 yillik arxeologik kompleks aniklandi; ikkinchidan, Andijonsoyni bunyod eti- lish tarixini yanada qadimiylashtiradi. Chunki S. ushbu kanal bo’yida joylash- gan va uning suvidan foydalangani shakshubhasiz. Nihoyat, S. Andijon sh.ni ilk (dastlabki) o’rni bo’lgani haqidagi fikr haqiqatga yaqin. Aynan ushbu hududda keyinroq o’rta asrlar arki va shahristoni joylashgani ham bejiz emas. Boqijon Matboboev.