SASAKLAR

SASAKLAR — Indoneziyadagi (lombok oroli) xalq. 1,75 million kishi (1990 yillar o’rtalari). Sasak tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, musulmon sunniylar, bir qismi an’anaviy e’tiqodlarga rioya qiladi.