Sariyog’

Sariyog’ — asosan, sigir suti qaymog’idan olinadigan oziq-ovqat mahsuloti. Biologik xususiyati, ta’mi va sifati jihatidan boshqa yog’lardan ustun turadi, inson organizmida engil (95% gacha) hazm bo’ladi. Tarkibida sut yog’i kamida 72-82,5% (eritilgan S.da 98-99%) ni tashkil etadi, yog’kislota- lari majmui, fosfatidlar va yog’da eriy- digan vitaminlar, sutda bo’lgan oqsil, uglevodlar, ayrim suvda eriydigan VI- taminlar, mineral moddalar va suv bor. 18-23° da qotadi, 27-36° da eriydi. S. eritilmagan va eritilgan xillarga bo’linadi. Ilgari S. kuvda pishib olin- gan. Sanoatda eritilmagan S, asosan, 2 usulda: 30-45% li qaymoqni quvlab va seryog’qaymoqni qayta ishlab tayyor- lanadi. Kuvlab olinadigan S. qaymog’I 85-90° da pasterlanadi (q. Pasteri- zasiya), so’ngra 4— 8° gacha tez sovitila- Di. Natijada sut yog’i diametri 1-3 mm li donalarga ajraladi, ulardan yog’siz qismi ajratilgach, tayyor S. presslanadi. S e r yo G’ (80% gacha) qaymoqdan S. ishlab chiqarishda pasterlangan qaymoq bosim ostida moy ajratkichga uzatiladi, unda jadal aralashtirib turiladi va 12— 14° gacha tez sovitiladi. Pasterlangan qaymoqqa qand, kakao va vanilin kabi xushbo’y moddalar (shokoladli S), tabiiy meva sharbati va shakar (mevali S), asal (asalli S.) qo’shib, aralashmali S. tay- yorlanadi. Eritilgan S.ning tuzeiz, tuz- li va b. xillari bor. Eritilmagan S.ni eritib va qo’shimcha aralashmalardan tozalab, eritilgan S. olinadi. Eritil- gan S. buzilmaydi. S. yuqori kaloriyali mahsulotdir. 100 g S.ning kaloriyasi o’rtacha 770 kkal yoki 3,06 MJ ga teng.