Qo’lyozma

Qo’lyozma — 1) keng ma’noda — qo’lda yozilgan yoki yozuv mashinkasida, kompyuterda ko’chirilgan matn. Taniqli shoir va yozuvchilarning o’tmishda o’zlari ko’chirib yozgan asarlari dastxati (Avtografi); 2) qo’lda yozilgan asar, yozma yodgorlik. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarigacha O’rta Osiyoda matbaa nashriyot ishlarining sustligi sababli Qo’lyozma holida kitob tayyorlash keng tarqalgan va bu jarayon mashhur xattotlar tomonidan amalga oshirilgan. Qadimgi Qo’lyozmalar muhim adabiy, tarixiy, ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payaeografiyada o’rganiladi; 3) noshirlik ishida — muallif tomonidan nashriyotga taqdim etilgan matn.