ASMA

ASMA, Krim qora uzumi—xalq selektsiyasi yo’li bilan yaratilgan o’rta-pishar ho’raki uzum navi. Kuban va Krimda o’stiriladi. Tupi kuchli o’sadi, bargi yirik, uch bo’lmali, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, dumaloq yoki cho’ziq. G’ujumi yirik, pillasimon, to’q binafsha-qora. Po’sti qalin, eti sershira, hosili faol harorat 3050 — 3300° da 160 — 175 kunda pishib yetiladi. Hosildorligi 80-120 tsentner/gektar. Kasalliklarga chidami o’rtacha, sovuqqa bardoshi past. Uzoq saqlash va uzoqqa yuborishga chidamli. O’zbekistonda rayonlashtirilmoqda (1995 yildan).