Qalqontumshuq ilonlar
Qalqontumshuq ilonlar, bo’shilonlar — shaqildoq ilonlar oilasiga mansub ilonlar urug’i. Uzunligi 1,6 metrgacha. Rangi ola, boshining oldingi uchidagi ayrim qalqonlari kengaygan (nomi shundan). 14 turi (jumladan, 10 tasi Osiyoda, qolganlari shimoliy va Markaziy Amerikada) tarqalgan. O’zbekistonda oddiy Qalqontumshuq ilonlar (bo’shilon), asosan, tog’oldi va tog’li hududlarda uchraydi. Baqalar, kemiruvchilar, kaltakesaklar, umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Tuxumdan 2 dan 12 tagacha bola tug’adi. Zaharli, chaqqanda og’riq paydo bo’ladi. Zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Ayrim mamlakatlarda Qalqontumshuq ilonlar iste’mol qilinadi.