Qamariddin

Qamariddin (14-asr) Mo’g’uliston xoni (1365 — taxminan 1390 yilboshi). Dug’lat qabilasidan. Mo’g’uliston davlati asoschilaridan Amir Po’lodchining ukasi. Ilyosxojani o’ddirib taxtni egallab olgan. Tug’luq Temur avlodlarini qatl ettirgan. Amir Temur davlati hududiga doimiy xavf tug’dirib turgani tufayli Sohibqiron unga qarshi 1370-71, 1375, 1376, 1377, 1383, 1389 yillarda Mo’g’ulistonga qo’shin tortgan va har gal raqibini tor-mor qilgan. 1375 yildagi yurishda Qamariddinning qizini o’z nikohiga olgan. 1390 yil Sohibqiron Qamariddinni butunlay tor-mor keltirish uchun Mo’g’ulistonga yurish qilgan, Qamariddin Irtish daryosi tomon chekingan. Amir Temur qo’shini Irtishga yetib kelganda Qamariddin shimolga qochgan. Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy» asarida keltirilgan mo’g’ul rivoyatiga ko’ra, Qamariddin umrining oxirida istisqo kasali bilan og’rib shimoldagi o’rmonlarda bedarak ketgan.