ATOM ENERGIYASI BO’YICHA YEVROPA AGENTLIGI haqida nimani bilasiz?
ATOM ENERGIYASI BO’YICHA YEVROPA AGENTLIGI (AEEA) — Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) a’zolari bo’lgan G’arbiy Yevropa mamlakatlarining atom sanoati sohasidagi birlashmasi. U 1957 yil dekabrda tuzilgan. AEEAning o’z ustavi, rahbar qo’mitasi (Parijda joylashgan) va xalqaro kotibiyati bor. AEEA faoliyati atom korxonalarini birgalikda qurishga, o’zaro ilmiy-texnika hamtsorligini rivojlantirishga, atom energiyasidan foydalanish masalalarida milliy qonun va tartiblarni kelishib olishga qaratilgan. U atom energiyasi bo’yicha Yevropa hamkorligi (AEEH) bilan yaqin aloqada.
O‘xshash so‘zlar
- ATOM
- Atomuhammad
- Atom energiyasi nima?
- Atom qanday o’lchamga ega?
- Atomlarni kim kashf etgan?
- ATOM haqida nimani bilasiz?
- ATOMIZM haqida nimani bilasiz?
- ATOM SOATI haqida nimani bilasiz?











