Atomlarni kim kashf etgan?

Atomlar — moddalar tarkibidagi eng mayda zarralardir, degan fikr qadimgi yunonlarga ham ma’lum edi. Bugun esa, yana shu narsa ma’lumki, atom «eng mayda zarralar» emas ekan, atomning tarkibida ham yanada mayda zarrachalar mavjud ekan. Yana shunisi ham sir emaski, biz atomning tuzilishi to’g’risida hamma narsani bilmaymiz. Atom to’g’risida ilk ilmiy nazariyani yaratgan olim XIX asrning birinchi choragida faol ijod qilgan ingliz kimyogari jon Daltondir (1766-1844). U gazlar ham — xuddi qattiq jismlar va suyuqliklar singari — g’oyat mayda zarralardan tashkil topganini aniqladi. Bu mayda zarralarni u ham qadimgi yunonlar singari «atomlar» deb atadi. Dalton o’zi yaxshi bllgan elementlarning solishtirma atom og’irliklarini belgilab berdi. XIX asr oxirlarida ingliz fizigi Ernest Rezerford atom nazariyasini yanada rivojlantirib, atom o’z ichki tuzilishiga ko’ra Quyosh sistemasiga o’xshab ketishini aytdi. E. Rezerford, atomning qoq markazida yadro joylashgan, u juda og’ir va musbat elektr zaryadlidir, degan qarashni ilgari surdi. Uning tasdiqlashicha, yadroning atrofida manfiy zaryadli elektronlar joylashgan. Elektronlar bamisoli Quyosh atrofidagi sayyoralarga o’xshab, o’z yadrosi atrofida aylanib harakatlanadi. Keyinchalik asli daniyalik buyuk fizik olim Nils bor (1885-1962) yangi atom nazariyasini yaratdi. U elektronlarning faqat «energetik daraja» deb nomlangan muayyan bir orbita bo’ylab harakatlanishini tasdiqladi. Agar elektron bir darajadan ikkinchi darajaga o’tsa, u o’z energiyasini ham o’zgartiradi. Biroq insoniyatning atomlarning tuzilishi to’grisidagi bilimi doimo o’zgarib, rivojlanib bormoqda, chunki yangi ilmiy tajribalar yangicha ma’lumotlarni ham bermoqda.