Atom qanday o’lchamga ega?

Avvalo kelishib olaylik, atom to’grisidagi bilimimiz ertaga o’zgarib ketishi mumkin va muqarrar. Sinxronizatorlar (zaryadlangan protonlar olishni tezlashtiruvchi qurilmalar) paydo bo’lishi bilan olimlar atomlar to’grisida yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lmoqdalar. Shunisi qiziqki, yunon tilidagi «atom» so’zi «bo’linmas» degan ma’noni anglatadi. Qadimgi yunonlar atomni har qanday narsa-buyumning eng kichik tarkibiy zarrasi, deb o’ylashgan. Bugun esa atomning tarkibiy qismi bo’lgan 20 dan ortiq yanada mayda zarrachalar kashf etildi! Olimlar atomni elektronlar, protonlar, neytronlar, pozitronlar, neytrino, mezon va giperonlardan tarkib topgan, deb hisoblaydilar. Elektronlar-manfiy zaryadli zarrachalardir. Elektrondan taxminan 1836 marta og’irroq bo’lgan protonlar esa, musbat zaryadlidir. Ulardan ham og’irroq zarralar — neytron, neytralenlardir. Pozitron o’z og’irligi jihatidan elektronga teng, u ham musbat zaryadlidir. Neytrino elektrondan deyarli 2000 marta kichik va hech qanday zaryadga ega emas. Mezonlar musbat yoxud manfiy zaryadli bo’lishi mumkin. Giperonlar protonlardan kattaroqdir. Bu zarralar yoki zaryadlar qanday qilib, o’zaro bir-biriga qovushib yashaydi — hozirga qadar sir bo’lib qolayotir. Xuddi shunday atomlardan har xil kimyoviy elementlar paydo bo’ladi. Ularning ba’zi birlari o’z og’irligiga ko’ra o’zaro farqlanadi. Shu sababli kimyoviy elementlarni atom og’irligiga qarab o’zaro birlashtiradilar. Masalan, vodorod bunday jadvalda 1 – tartib raqamlidir, temir esa 55 – tartib raqamiga ega. Bunday farq temirning atomi vodorod atomidan 55 marta og’irroq ekanligini ko’rsatadi. Lekin ularning og’irligi o’ta yengil sezilar-sezilmas darajada. Vodorodning atom og’irligi grammning million-milliondan bir ulushiga teng keladi! Atomlar ko’z ilg’amas darajada naqadar mayda ekanligini tasavvur qilish uchun bir gramm vodorod tarkibida qancha atom borligini ko’z oldingizga keltiring-chi — bu raqam «olti»ning orqasiga 23 ta nol qo’shib aytilishini taqozo etadi.