Mahsi, massi
Mahsi, massi — mayin, pishiq qo’y yoki echki terisidan tayyorlanadigan po- shnasiz, baland qo’njli poyabzal. Hozir kalta qo’njli turi ham mavjud. Tag char- mi yalang qavat va yumshoq bo’lgani uchun kalish yoki kavush b-n kiyiladigan mil- liy oyoqkiyimi. M. musulmon xalqlari orasida qadimdan keng tarqalgan. Oyoqni sovuqsan asraydi, boldirni issiqtutadi. M.ga o’xshash oyoq kiyimlari tasvirini Afrosiyob devoriy rasmlari (5-8-a.larga oid)da ko’rish mumkin. M., asosan, 3 qismdan: qo’nj, boshliq (bet- lik) va tagcharmdan iborat. Qo’nj terisi qalinroq olinadi, yupqa teridan tikil- sa, qalin, kattik matodan astar tikila- Di. Kimga mo’ljallanganligi (jins va yoshi)ga qarab mardona (katta yoshdagi er- kaklar uchun), zaifona (katta yoshdagi ayol- lar uchun), bachkana (bolalar uchun) M.lar farqlanadi. Terining xillariga ko’ra, amirkon M., bedana M., go’spandi M. (qo’y terisidan), xirom M., bulg’ori M. (mol terisidan) va b. turlari bor. M., odat- da, kora tusli bo’ladi, lekin Xorazmning ba’zi r-nlarida ayollar to’yga kizil M. ki-yishgan. Qo’njining yuqori qismiga rangli iplar b-n mayda mashina choklari- da gul tikib bezatiladi. Hoz. kunda ham katta yoshdagi erkak va ayollar, ba’zi yosh- lar M. kiyishadi.