Maishiy musiqa

Maishiy musiqa – musiqa turi; maxsus (kontsert zali kabi) joylarda emas, balki uy sharoitida ijro etishga mo’ljallangan, odamlarning kundalik hayot ehtiyojlarini qondirish bilan bevosita bogliq bo’lgan janrlardyan iborat (masalan, mehnat va oilaviy marosim qo’shiqlari, Lavra — o’tirishlarda ijro etiladigan va tinglanadigan o’yinraqs kuylari va boshqalar). Ko’proq havaskorlar tomonidan ijro etilganligi sababli Maishiy musiqa namunalari oqang va usullarning oddiyligi va yorqinligi, banlli shakllarning ustuvorligi, musiqa tovushqatorlarining hajman chegaralanganligi bilan ajralib turadi. Og’zaki an’anadagi ijoddan Maishiy musiqaga, asosan, folklor (xalq musiqasi) yo’nalishidagi shakllar kiradi. Ko’p ovozli musika ijodida Maishiy musiqa kompozitorlar tomonidan yaratilib, keyinchalik ommaviylashgan namunalardan iborat (masalan, vals, marsh, maishiy romans va boshqalar). O’zbekistonda T. Jalilov, N. Hasanov, K. Jabborov, F. Sodiqov, M. Mirzaev kabi bastakorlar, S. Yo’ldoshev, Z. Obidov, O. Qosimov, N. Kulabdullayev singari sozandxpar yaratgan bir qator asarlar Maishiy musiqa sirasiga kiradi.