Magniyli o’g’itlar

Magniyli o’g’itlar – tarkibida magniy bo’lgan o’g’itlar. Ko’pgina Magniyli o’g’itlarda o’simliklar uchun zarur bo’lgan boshqa elementlar (kaliy, azot, fosfor) ham bo’ladi. Magniyli o’g’itlarning turlari: kaliymagniyli kontsentrat — donador, qotmaydigan kukun, tarkibida (8-9% MgO va 17,7-19% K2O); dolomit uni (dolomitning maydalangan mahsuloti, 20% MgO va 28% Sao); asosan, magniy metasilikatidan tashkil topgan serpentinit (32-43% MgO); magniy sulfat yoki epsomit (kamida 13,7% MgO va’8% NaCl bor); ammoniy magniy sulfat (ammoshenit) — mayda kristall qo’sh tuz, suvda kam eriydi. Tarkibida 10% MgO va 7% N bor; dolomit-ammiakli selitra (10% atrofida MgO, 17% N va 14% Sao); magniy oksid yoki kuydirilgan magneziya (kamida 89% MgO) kiradi. Magniyli o’g’itlar yerga bahorgi haydash vaqtida gektariga 10-70 kilogramm solinadi. Asosan, kartoshka, lavlagi, tamaki, dukkakli va dondukkakli ekinlar va boshqalar Magniyli o’g’itlarga talabchan. Ekinlarga magniy etishmasligini ularning ko’rinishiga qarab aniqlash mumkin.