Itsimonlar

Itsimonlar (Canidae) — yirtqich sut emizuvchilar oilasi. Bo’ri, chiyabo’ri, tulki, shimol tulkisi. Avstra- li-yada tarqalgan Dingo, shim. Amerika- dagi koyot, Afrikadagi fenek, xonaki itlar va h.k. itsimonlarning vakil- laridir. Barmoklariga tayanib yuradi, oddingi oyog’ida beshtadan, orqa oyog’ida to’rttadan barmoq bor (xonaki itlarning ba’zilarida beshtadan). Tirnog’i to’mtoq, ichga tortilmaydi. Dumi baroq, ancha uzun. Junining rangi har xil, oq tulkining rangi yil fasliga karab o’zgaradi. Tish- lari kesuvchi tipda, qoziq tishlari yaxshi rivojlangan. I. Antarktidadan boshqa hamma qit’alarda tarqalgan, har xil sha- roitda yashaydi. Asosan, hayvonlar, ba’- zilari o’limtiklar b-n oziklanadi. Ko’p I. mo-nogam, yiliga bir marta tug’adi. Ba’zilari serpusht. Mas, shim. tulkilari 18 tagacha tug’adi. I. yil bo’yi faol (enot- Simon itdan boshqa). I. oilasi 35 tur- ni o’z ichiga oladi. O’zbekistonda 7 turi uchraydi. I.ning ko’p turlari mo’ynasi uchun ovlanadi, qora tulki kabi mo’ynali I. mo’ynachilik fermalarida ko’plab boqiladi. Enotsimon it Rossiyaning bir qancha viloyatlarida iqlimlashtirilgan. I.ning ko’p turlari quturish kasalli- gi viruslarini va gijja tuxumlarini tarqatadi.