Chig’anoqtosh

Chig’anoqtosh – dengiz hayvonlarining chig’anoqlari va ularning parchalangan bo’laklaridan tashkil topgan ohaktosh turi, u yengil arralanadi va katta g’ovakligi bilan tavsiflanadi. Rangi oq, sariq, kulrang bo’ladi. Chig’anoqtoshdan qurilish va pardozlash (koshinlash) toshi sifatida foydalanishsa, uning chaqiq toshi va qumi esa yengil betonning to’ldirgichi sifatida xizmat qiladi. Chig’anoqtosh ohak va boshqa bog’lovchilar ishlab chiqarilishida ham qo’llanadi.