Xotin-qizlarning eng past ovozi qanday ataladi?
Xotin-qizlarning eng past ovozi kontralto deb ataladi. U teran, jarangdor, yoqimli tembrda bo’ladi. Uning diapozoni — kichik oktava «fa»dan (eng past ovoz) to ikkinchi oktava «fa» ga qadar (eng baland ovoz). Muqaddam bu ovoz, torli cholg’u asboblari bilan taqqoslashga asosan, alt deb atalgan. Kontralto, afsuski, juda siyrak uchraydi, shuning uchun ham kompozitorlar undan deyarli foydalanishmaydi. Buningdek ovoz uchun bastalangan eng mashhur partiyalardan ikkitasini Chaykovskiy yaratgan, — bular, «Yevgeniy Onegin» operasidagi Olga va «Pikovaya dama»dagi Polina. Ayrim musiqali spektakllarda qo’shiqchi-kontraltolar o’smirlar rolini ijro etadilar. Masalan, kompozitor Glinka ulug’ ijrochi Vorobeva Petrova uchun maxsus «Podshoh yo’liga baxshida umr» operasida Ivan Susaninning o’gay o’g’li Vanya va «Ruslan va Lyudmila»da xon Ratmir partiyalarini yaratgan. Rimskiy-Korsakov «Sadko» operasida gusnavoz najot va «Qorqiz» operasidagi qo’shiqchi cho’pon Lelya rollarini kontraltoga ajratadi. Kezi kelganda aytib o’tish kerakki, Lelyaning qo’shiqlari, ayniqsa — «Bulut guldirak-la biriktirdi til» xonanda-kontraltolarning repertuarida eng ommalashgan sanalgan. Ba’zan esa teatrda kerakli ijrochi topilmagan paytlarda bu partiyalarni kontraltoga ancha yaqin turadigan — messo-sopranoga topshiradilar.