Yadro energiyasi xatarlimi?

Yadro energiyasi — kelajak energiyasi. Agar biz yadroviy zaharlanish xavfini kamaytira olsak va uning chiqitlarini uquv bilan yo’qota olishni o’rgansak, yadro energiyasining qo’llanishi bizni juda ko’p ustunliklarga ega qiladi. Agar chindan ham bu muammolar hal etilsa, yadro energiyasi boshqa barcha turdagi energiyalarning o’rnini bosadi. Yadro energiyasining ustunligi shundaki, u havoga gaz va tutun tarqatilishi oldini oladi, ishlatiladigan yoqilg’i uran bo’lgani uchun ortiqcha sarf-xarajatlarga ham hojat qolmaydi. Uranga ega bo’lmagan mamlakatlar, uni olib maxsus omborxonalarda saqlashi mumkin va boshqa energiya manbalariga muhtojlik kamayadi. Boshqa energiya manbalarini esa bunday saqlash mumkin emas. Shuning barobarida yadro energiyasidan foydalanishning salbiy jihatlari ham bor. Bordi-yu, uran saqlanayotgan omborxonalarda avariya hodisasi ro’y bersa, buning oqibati o’ta dahshatlidir. Bundan tashqari, yadro chiqitlarini yo’qotishning yo’llari hali ham topilganicha yo’q. Bu juda jiddiy muammodir. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlar, bunday chiqindini — dengiz ostidami yoki sahrodami — qayerda saqlash qulayroq, degan masala ustida o’zaro bahs bilan mashg’ul. Va kim buni o’z hududida saqlanishiga yo’l qo’yadi? Yadro energiyasidan foydalanish mobaynida yonilg’i (u odatda parchalanuvchi xomashyo deb ataladi) to’g’risidagi tasavvur ham o’zgaradi. Reaktorda uran yadrosi parchalanadi. Shu jarayonda ko’pgina issiqlik ajralib chiqib, undan elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Uranning atigi bir kilogrammidan millionlab kilogramm ko’mir va neftni yoqib hosil qilinadigan issiqlik olinadi. Biroq yadro energiyasidan foydalanish radioaktiv nurlardan zararlanishning oldini olish, radioaktiv chiqindi oqavalarini bartaraf etish va ishlatib bo’lingan issiqlikni qayta ishlash kabi muammolarning hal etilishi bilan uzviy bog’liq. Atom elektrstantsiyasining tuzilishi quyidagicha: yadro reaktorida ishlab chiqariladigan issiqlik maxsus quvurlardan yurgiziladigan suvga o’tkaziladi. Suv qaynaydigan darajada isitiladi va issiqlikka almashtiruvchi bo’linmaga o’tkaziladi, u yerda tashqi tomondan keladigan suv bug’lantiriladi. Issiq bug’ quvur tomonga yo’naltirilgach, generatorni aylantiradi, generator esa elektr energiya ishlab chiqaradi. Quvurlardan chiqadigan issiq suv isitish uchun ishlatiladi.