KAKAO MOYI

KAKAO MOYI — kakao daraxti urug’idan olinadigan sarg’ish yog’. Suyuqlanish temperaturasi 30-40°, zichligi 960 kg/m3 (15° da). Qandolatchilikda shokolad, tibbiyotda shamcha va sharchalar tayyorlashda, atir-upa sanoatida ishlatiladi.