KAKLIKTOG’

KAKLIKTOG’ — Hisor tizma tog’larining Jan.-g’arbiy etaklaridagi adir, Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Jan. da Qizildaryo, shim.da Yakkabog’daryo, g’arbda Qashqadaryo vodiylari, Sharqda Kam va Ko’ktepa tog’lariga tutashadi. Uz. 13-14 km, sharqsan g’arbga tomon yo’nalgan, shim.ga tomon pasayib boradi. Eng baland joyi 1072 m, adir zamini neogen va to’rtlamchi davrning konglo- meratlaridan iborat, yuzasi esa turli qalinlikdagi lyossimon jinslar b-n qoplangan. K. relefi ancha parchalan- gan, ba’zan chuqur jarlar vujudga kelgan, ularning tubida buloqlar (Kinchashma) jilg’a hosil qilgan. Oddiy (quyi qism) va to’q bo’z tuproqlarda rang, qo’ng’irbosh, qo’ziquloq, oqquray, karrak, cho’lyalpiz, tog’ shuvog’i, mingbosh, chitir, yuqori qismida bug’doyiq keng tarqalgan. Yaylovlarning o’rtacha mahsuldorligi gektariga 1-3, bahorda 4 i.