YASHIL SUVO’TLAR
YASHIL SUVO’TLAR — tuban o’simliklar bo’limi (tipi). Hujayrasida yashil xlorofill mavjud. Yashil suvo’tlarda yuksak o’simliklar tarkibidagi kabi pigmentlar bor. Bir hujayrali, kolonial va ko’p hujayrali, ba’zilari hujayrasiz tuzilishga ega. Hujayrasiz bir yadroli yoki kamdan-kam ko’p yadroli, tsellyuloza qobiq bilan o’ralgan. Xromatoforalar perinoidli, jinssiz, jinsiy va vegetativ ko’payadi. Ko’payish organlari vazifasini vegetativ hujayralar bajaradi. Yashil suvo’tlar chin-yashil suvo’tlar va kon’yugatlar kenja bo’limiga ajratiladi. Yashil suvo’tlarning 360 turkumi, 5700 turi ma’lum. Asosan, chuchuk suvlarda va dengizlarda tarqalgan.